Sloveniya

Sloveniya (Slovenija) Sloveniya Respublikasi (Republika Slovenija) — Bolqon ya.o.ning shim.garbida joylashgan davlat. Mayd. 20,3 ming km2. Aholisi 1,93 mln. kishi (2002). Poytaxti — Lyu- blyana sh. Ma’muriy jihatdan 62 tumanga bo’lingan. Davlat tuzumi. S. — respublika. Amaldagi Konstitusiyasi 1991 y. 23 dek. da qabul qilingan; unga 1997 va 2000 y.larda tuzatishlar kiritilgan. Dav- lat boshlig’i — prezident (2002 y.dan Yanez Drnovshek). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali parlament — Davlat Majlisi va Davlat Kengashi, ij- Rochi hokimiyatni rais boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Tabiati. S. — asosan, tog’li mamla-kat. Shim.G’arb va shim.da Sharqiy Alp tizmasi, Jan.da Dinara yassitog’ligining shim. chekkasi, Jan.g’arbda g’aroyib g’orlari b-n mashxur bo’lgan karst platosi bor. Sharkda va Adriatika dengizining Triest qo’ltig’i sohilida chog’roq past- tekisliklar joylashgan. Qo’rg’oshinrux rudalari, simob, bir oz miqdorda qo’ng’ir ko’mir, lignit, neft, barit, binokorlik materiallari konlari mavjud. Iqlimi mo»tadil, kontinental. Asosiy daryola- ri — Sava, Drava (Dunay irmoqlari). Tog’larda muz va karst ko’llari bor. S. hududining 46% ga yaqini o’rmon, ba- Land tog’larda Buk va eman o’rmonlari tog’yonbag’irlarida aralash va ignabarg- li o’rmonlar b-n almashinadi. Kattagina maydonlar — yaylov. Hayvonot dunyosi qo’ng’ir ayiq, bug’u, tog’echkisi, kemiruv- chilar va turli parrandalardan iborat. Triglav milliy bog’i tashkil etilgan. Aholisi. Asosiy aholisi sloven- lar (90%); xorvat, serblar ham yashaydi. Shahar aholisi 51,5%. Dindorlarining aksariyati xristian (katolik)lar. Rasmiy til —sloven tili. Yirik shaharlari: Lyublyana, Maribor. Tarixi. S. hududida qadimdan kel- tilliriy qabilalari yashagan. Mil. AV. 1-a.da Rim davlati bosib olgan. 6-7-a. larda bu erga slavyan (sloven)lar kelib o’rnashgan. 7-a.da Karantaniya deb ataluv- chi ilk davlat paydo bo’lgan. 11 — 13-a. larda S hududida Karintiya, Shtiriya, Krayna va b. knyazliklar paydo bo’ldi. 1282 y. S.ning katta qismi Gabsbur- glar ermulki tarkibiga kirdi va 16-a. boshlariga kelib, barcha sloven erlari qo’shib olindi. 1478, 1515, 1573 y.larda dehqonlarning qo’zg’olonlari bo’ldi. 18-a. ning 2-yarmida o’tkazilgan islohotlar tu- fayli iqtisodiy jonlanish ro’y berdi. 1848-49 y.lardagi inqiloblar nati- jasida ersuv munosabatlari emirilib, pultovar munosabatlari rivojlana bosh- ladi. 1914-18 y.larda milliy harakat avj oldi. 1918 y.dan S. erlari Serb, xorvat, slovenlar qirolligi (1929 y.dan Yugoslaviya qirolligi)ga birlashdi. 1941 y. Yugoslaviya fashistlar bosqiniga duchor bo’lib, S. erlarini Italiya b-n Germaniya bo’lib oldi. 1945 y. 15 may- da ozod qilindi. 1946 y.gi Parij sulh shartnomasiga binoan, Yugoslaviya b-n qayta qo’shilib, 1991 y.gacha uning tarki- bidagi respublikalardan biriga aylan- Di. 1991 y. 25 iyunda respublika skup- shchinasi S.ning davlat mustaqilligini e’lon qildi va Yugoslaviya tarkibidan chiqqanligini bildirdi. S. — 1992 y.dan BMT a’zosi. O’zR suverenitetini 1991 y. 27 dek.da tan olgan va 1995 y. 16 yanv. dan diplomatiya munosabatlari o’rnatgan. Milliy bayrami — 25 iyun — S. dav- latchiligi kuni (1991). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushma- lari. Liberal demokratiya partiyasi, 1913 y. asos solingan S. Liberal parti- yasining davomchisi sifatida 1989 y.da qayta tiklangan; S. demokratik partiya- si, 1992 y. tuzilgan; Sosialdemokratlar Yagona ro’yxati partiyasi, 1992 y. asos so- lingan; Ko’katparvarlar partiyasi, 1992 y. tashkil etilgan; S. xalq partiyasi, 2000 y. tuzilgan; S. milliy partiyasi; S. sosialdemokratik partiyasi, 1989 y. asos solingan; S. pensionerlar demokratik partiyasi. S. mustaqil kasaba uyushmala- ri birlashmasi; S. mustaqilligi yangi kasaba uyushmalari konfederasiyasi. Xo’jaligi. S. — industrialagrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sano- atning ulushi 35%, q.x. ning ulushi 5%, xizmat ko’rsatish sohasining ulushi 60%. Sanoati. Qo’rg’oshinrux, polimetall rudalar, qo’ng’ir kumir, boksit, surma, simob qazib olinadi. Esenise, Shto- re, Ravneda qora metallurgiya, Mejise, Kidrichevoda rangli va kora Metallur- giya korxonalari bor. Mashinasozlik, tsellyulozaqog’oz sanoati va metall ish- lash — sanoatning etakchi tarmog’i. Maribor, Lyublyana, Tsele, Krandagi z-dlarda gidroturbinalar, yuk avtomo- billari, avtobus, motosikl, ro’zg’or as- boblari, elektrotexnika buyumlari va b. ishlab chiqariladi. Kimyo va elektrkimyo sanoati (jumladan, karbid kaltsiy i.ch.) rivojlangan. Yog’ochsozlik, kemasozlik, to’qimachilik, poligrafiya, q.x. mashina- sozligi, ko’npoyabzal, oziq-ovqat, jum- ladan, vinochilik sanoati korxonalari bor. Elektr energiyasi GES larda hosil qilinadi (yiliga o’rtacha 12,6 mlrd. kVtsoat). Asosiy sanoat markazlari: Lyublyana, Maribor. Qishloq xo’jaligi sermahsul. Go’shtsut chorvachiligi rivojlangan, qoramol, cho’chqa, ot. qo’y boqiladi. Dehqonchilikda kartoshka, bug’doy, makkajo’xori, suli, arpa, tariq, xmel, qand lavlagi, zig’ir ekiladi. Bog’dorchilik va tokchilik ri- vojlangan. Tra nsportida t.y. uzunligi 1,2 ming km, avtomobil yo’llari uz. 14,7 ming km. Dengiz porti — Koper. Xo- rijiy sayyohlik yaxshi yo’lga qo’yilgan. Chetga yuk avtomobillari, avtobus- lar, to’qimachilik, kimyo sanoati va q.x. mahsulotlari chiqaradi. Chetdan Avto- matika va aloka vositalari, mashina va uskunalar, iste’mol tovarlari oladi. Pul birligi tolar. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma’ri- fiy muassasalari. S.da 8 yillik maktab ta’limning asosiy bo’g’ini hisoblanadi. To’liq o’rta ma’lumotni gimnaziya bera- Di. Malakali ishchilar tayyorlaydigan maktablar, q.x., texnika va b. sohalarga ixtisoslashgan maktablar bor. 26 oliy o’quv yurti mavjud. Yiriklari: Lyublya- na un-ti (1595-96), Oliy ped. Maktabi va b. Ko’p ilmiy muassasalar — S. Fan va san’at akademiyasi (1921), geol., Ta- biat va tarix yodgorliklarini saqlash, Ishchilar harakati tarixi i.t. institut- lari, Lyublyana unti huzuridagi yadro tadqiqotlari inti, mintaqaviy ilmiy va madaniy-ma’rifiy jamiyatlar Lyu- blyanada joylashgan. 168 ta yirik kutub- xona (jumladan, Milliy va un-t kutub- xonasi), 94 ta muzey (jumladan, milliy va zamonaviy galereyalar, milliy, etn. Va shahar muzeylari) bor. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko’rsatuvi. Asosiy gaz.lari: «delo» («Ish», mustaqil kundalik gaz., 1959 y.dan), «drujina» («oila», haftanoma, 1952 y.dan), «in» («Sloveniyadan xa- barlar», ingliz va sloven tillari- da chiqadigan haftanoma), «Mladina» («Yoshlar», haftanoma, 1942 y.dan), «slo- venes» («sloveniyalik», kundalik gaz., 1991 y.dan), «Slovenske novise» («slo- veniya yangiliklari», kundalik gaz., 1991 y.dan), «Vecher» («oqshom», kundalik gaz., 1945 y.dan). S. telegraf agentligi (STA) S. Respublikasi axborot agentli- gi bo’lib, 1991 y. asos solingan. S. Radio va televideniesi faoliyat ko’rsatadi; ra- dioeshittirish 1928 y.dan, teleko’rsatuv 1958 y.dan boshlangan. 3 davlat radio dasturi va 2 davlat telekanali mavjud. Eshittirish va ko’rsatuvlar sloven, Ven- Ger, italyan tillarida olib boriladi. Adabiyoti. S. yozma adabiyoti 10-a. dan boshlangan. Uning rivojlanishida boy xalqog’zaki ijodiyoti muhim rol o’ynagan. Ruhoniy P. Trubar (1508-86) sloven alifbosini ishlab chiqib, sloven tilida liniy adabiyotlar nashr ettir- Di. S. Krel. Yu. Dalmatin, A. Boxorich uning ishini davom ettirdi. 18-a.da Ev- ropa Uyg’onish davri g’oyalari ta’sirida dunyoviy adabiyot vujudga kelib, rivoj- landi. Dramaturg A. T. Linxart va shoir V. Vodnik ijodiyoti shu davrga to’g’ri keldi. F. Preshern (1800-49) ijodi («Poeziya», 1847) sloven va Evropa adabi- yotida muhim voqea bo’ldi, uning asarla- ri S.da romantizmning karor topishida katta rol o’ynadi. F. Levstik sloven nazmi, Nasri va adabiy tanqidchiligida realistik oqimni boshlab berdi. Uning izdoshlari — avvalo tarixiy qissa va romanlari b-n tanilgan y. Yurchich, yozuv- chi va shoirlardan y. Strirar, I. Tav- char, ya. Kersnik, S. Enko, S. Gregorchich, A. Ashkers realizmni yuqori pog’onaga ko’tardilar. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida «slo- Ven moderni» ijodiy guruqi (nasrda y. Tsankar, D. Kette, nazmda o. Jupanchich va b.) adabiy jarayonni rivojlantirdi. Guruh a’zolari o’sha paytda Evropada urf bo’lgan naturalizm, impressionizm, simvolizm she’riy usullaridan foyda- lanib, ijtimoiy va milliy tengsizlik- ka qarshi norozilik kayfiyatini ifoda- ladilar. 20—30y.larda shoirlardan o. Jupanchich, A. Gradnik, yozuvchi va drama- turglardan F. Bevk, Yu. Kozak, B. Kreft, P. Vorans xalq xayotini haqqoniy aks ettirdilar. 2-jahon urushi yillaridagi ozodlik kurashi davrida she’riyat etak- chi janr buldi. Partizan shoirlar M. Bor, K. DestovnikKayux, T. Selishkar, E. Kosbek va b. o’z she’rlari b-n xalqni ku- rashga da’vat etdilar. Urushdan keying yillarda ya. Menart, L. Krakar, T. PAV- chek, K. Kovich she’riyatida, M. Mixelich, P.Zidar, V. Kavchich qissa va romanlari- da, P. Kozak, D. Smole, P. Bojich pesa- larida inson ahvolruhiyati chuqur tahlil qilinib, voqealar silsilasi jushqin ifodalab berildi, turli g’oyalar kurashi xolisona aks ettirildi. Me’morligi va tasviriy san’ati. S. hududida mil. AV. 1-a. va mil. 4-a.larda Qad. Rim shaharlari (Emona, xrz Lyublya- na; Petovio, hoz. Ptuy) mavjud bo’lgan. Ulardagi istehkomlar, ibodatxonalar, osma quvurlarning qoldiqlari hozirgacha saqlangan. O’rta asrlardan roman uslu- bidagi (Stichnadagi cherkov, 1136 — 56), gotika uslubidagi (Ptuydagi cherkov, 1260-70. Ptuyskgora qishlog’idagi Cher- kov, 15-a. boshi) ibodatxonalar qolgan. 15— 16-a.lar me’morligida Uyg’onish davri belgilari seziladi. 17-18-a. larda barokko uslubi yoyildi, bu uslub cherkovlar (Lyublyanadagi avliyo Yakov cherkovi, 1613— 15; Ursulin cherkovi, 1718-26), ratushalar, favvoralar (Lyu- blyanadagi F. Robba favvorasi, 1751) va sh.k.lar qurilishida namoyon bo’ldi. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida y. Plechnik, I. Vurnik, V. Shubits kabi me’morlar ijo- dida milliy an’analar va qad. me’moriy uslublar b-n bir katorda «modern» US- lubidan ham foydalanildi. 1945 y.dan keyin erkin rejali yangi shaharlar, sanoat r-nlari, ko’p qavatli turar joy majmualari, jamoat markazlari, Koper, Piran va b. kurortshaharlar, sayyohlik maskanlari kurila boshladi. Dengiz bo’ylarida devorlari toshdan tiklanib, tomi cherepisa b-n yopilgan, Sharqiy va tog’oldi joylarida yog’och va guvaladan tiklanib, tomi poxol va taxtachalar b-n yopilgan uylar ko’proq uchraydi. S. hududida paleolit davriga mansub suyakdan yasalgan buyumlar, neolit davriga oid chorpoya ustiga kurilgan binolarning krldiklari, jimjimador naqshlangan sopol idishlar topilgan. Jez davridan jez haykalchalar, naqshin shamshir va b. saqlangan. 9-12-a.lar slavyan kabrlari- dagi kumush zargarlik buyumlari o’yma naqsh b-n ziynatlangan. 12— 13-a.lar- da cherkovlar tosh o’ymakorligi va bur- TMA gullar b-n bezatilgan. 14-a.da yog’och haykaltaroshligi paydo bo’ldi (Sol- chavdagi «Bibi Maryam» cherkovi). 16-a.da portret va dunyoviy rang-tasvir san’ati rivojlandi, cherkov devorlariga raem solish urf bo’ldi. Metall, yog’och va spool buyumlar yasashga kirishildi. 18-a. oxiri — 19-a. boshlarida F. Kovchich rasmlari, L. Yansha manzaralari, I. Tomins por- tretlari mashhur bo’ldi. 20-a. rassomla- ridan F. Tratnik, G. Kos, F. Mixelich, haykaltaroshlaridan F. Berneker, L. Do- linar ijodi diqqatga sazovor. Amaliy bezak san’ati turlari rivojlangan. Musiqasi. Ko’pgina xalq Kuyla- riga nemisavstriya hamda Venger xalq musiqa an’analarining yaqinligi xos. S.da mavsum, marosim (koledalar), tarixiy, qahramonlik, sevgi, hazil qo’shiqlari mavjud. Ko’p ovozli kuylash keng tarqalgan. Xalq cholg’u asboblardan lab garmonikasi, skripka, klarnet va b. mavjud. Professional musika san’ati monastirlarda (12-a.dan) hamda cherkov- lar huzuridagi ashula maktablari (13-a. dan)da rivoj topdi. Ilk kompozitorlar orasida ya. Gallus (diniy va dunyoviy ko’p ovozli asarlar yaratgan) alohida ajralib turadi. 17-a. kompozitorlaridan vocal va cholg’u asarlar mualliflari g. Plaves (Plaus), Ya. B. Dolar, I. Posh (Poxius) barakali ijod qildilar. 18-a.da Lyublya- nada filarmoniya akademiyasi tashkil etildi. Ya. Zupan, Ya. Novak dastlabki operalarni yozdilar. 1892 y. Lyublyanada S. teatri ochildi, 1919 y. konservatoriya (1939 y.dan musika akademiyasi), 1934 y. Musika tarixi inti, 1939 y.da filar- moniya ish boshladi. 20-a.ning 2-yarmi- da S. radio va televideniesi huzurida xor va estrada orkestri, Lyublyana un-ti huzurida musiqashunoslik in-ti tashkil etildi. Zamonaviy kompozitorlardan D. Shvara, P. Ramovsh, I, Petrich; dirijyor- lardan S. Xubad, D. Jebre, sozandalar- dan D. Tomishich, M. Lipovshesh, I. Ozim, xonandalardan L. Koroshech, V. Bukoves- lar mashhur. Teatri. 17-a.da nemis va lotin til- larida dastlabki tomoshalar — «maktab dramasi» va diniy mavzudagi dramalar ko’rsatila boshlagan, sung dunyoviy teat- rlar ham paydo bulgan. 1765 y. Lyublya- nada doimiy ishlaydigan tabaka teatri ochilib, unda nemis tilida A. Iffland, A. Kosebu, 19-a.dan F. Shiller va b. mu- alliflarning pesalari kursatilgan. 1789 y. birinchi sloven pesasi — A. Linxartning «Miska — jupan qizi» pesasi sahnalashtirildi. 1867 y. tash- kil etilgan teatr jamiyati, asosan, sloven dramaturglarining asarlarini kursata boshladi. 1va 2-jahon urushla- ri urtasidagi davrda Sloven milliy teatr truppasi kaytadan tashkil etildi, 20-a.ning 2-yarmida yangi teatrlar barpo etildi. Lyublyanada Eksperimental (1956 y.dan), bolalar teatrlari, qug’irchoq te- ATR, teatr san’ati akademiyasi, Sloven teatr muzeyi ishlaydi. O’zbekiston — S. munosabatlari. 2003 y. okt.da S. Tashqi ishlar vaziri- ning O’zbekistonga tashrifi vaqtida sarmoyalarni uzaro rag’batlantirish va himoya qilish to’g’risida bitim hamda ikki mamlakat tashqi ishlar vazirlikla- ri o’rtasida hamkorlikka oid bayonnoma imzolandi. Ikki mamlakat urtasida to- var aylanmasi 2002 y.da 2,1 mln. AQSh dollarini tashkil etganligi ta’kidla- nib, kelgusida hukumatlar, parlament- lar urtasidagi alokalarni va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish haqida ke- lishib olindi.