Smetana

Smetana (rus.) — suyuq qaymoqqa ivitqi — sut achitqi bakteriyalari qo’shib tayyorlanadigan mahsulot. Sut z-dlarida yogliligi 10, 20, 25, 30, 36 va 40% bo’lgan S. ishlab chiqariladi. Suyuq qaymoq 85-95° haroratda pasterizasiya- lanadi, so’ngra 25-27° ga qadar sovitib tomizgi solinadi, ivitish 14-16 soat davom etadi. Ivigan S. 2-8° ga qadar so- vitiladi va etilishi uchun 24-28 soat- gacha saqlanadi. S. tarkibida sut yog’idan tashqari oqsil, sut qandi, organik kis- lotalar, mineral tuzlar, shuningdek, A, E, V,, V2, S va RR vitaminlari mavjud. S.ning kaloriyaliligi tarkibidagi sut yog’ining miqdoriga bog’liq.