Smit (Smith) Xamilton

Smit (Smith) Xamilton (1931.23.8) — amerikalik molekulyar biolog va gene- tik. Berklidagi Kaliforniya un-ti (1952) va tibbiyot kollejini tugatgan (1956). Vashington un-tidagi Varne, Detroytda- gi (Michigan shtati) g. Ford shifoxona- sida, Salomatlik milliy in-tida, Mi- chigan un-tida, J. Xopkins kollejining mikrobiologiya bo’limida prof. Syurix un-tidagi (Shvesariya) molekulyar biolo- giya in-tida ilmiy xodim. Ilmiy ishlari bakteriyalar irsiyati, nuklein kislota- lar biokimyosi, bakteriofaglar irsiyati va profaglarning funktsional mexanizm- larini o’rganishga oid. Hamkasblari b-n birinchi bo’lib N. infl uenzae bakteriyasi- ning restriktsion endonukleazasini sof holda ajratib olishga muvaffaq bo’ldi, bu ferment bakteriya DNKsini ma’lum bir nukleotidlar ketma-ketligi bo’yicha tarkibiy qismlarga ajratadi. S. bu ket- ma-ketlikni aniqlash usulini ishlab chikdi. Nobel mukofoti laureati (1978, V.Arber va D. Natane b-n hamkorlikda).