Soatqulov Dadaali

Soatqulov Dadaali (1917, Pop tumani — 1985, Toshkent) — kompozi- tor, sozanda (nay), musiqa jamoat ar- bobi. O’zbekiston xalq artisti (1967). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1953). Otasidan nay chalishni o’rgangan. To’ychi Hofiz, Yunus va rizqi Rajabiy, I. Ikromovlardan o’zbek musiqa merosini o’zlashtirgan. CHuet — Pop tumanlararo k-z — s-z teatrida (1930— 33), Qo’qon te- atrida sozanda, musiqa rahbari (1934— 40). O’zbekiston radiosi xalq cholg’ulari orkestrida sozanda, dirijyor va bosh dirijyor (1940— 1953). O’zbek davlat filarmoniyasida direktor va badiiy rahbar (1953-59, 1960-63, 1969-70), O’zbek radiosida badiiy rahbar (1959— 60), bosh muharrir (1971-72), Muqimiy teatrida direktor (1963-69). Ijo- dida o’zbek musika merosi (Farg’ona yo’llari)ga tayangan. «Zarafshon qizi» (1960, yangi taxriri, 1963), «Guli siyoh» (1964), «Mahtumquli» (1966, B. Gienko b-n hamkorlikda), «Farg’ona tong otgun- cha» (1967), «Oshiklar» (1973), «Yusuf va Zulayho» (1979) kabi musiqali drama- lar, «paxtakorlar —tinchlik uchun» Kan- tatasi (1953-54), nay va xalq, cholg’ulari orkestri uchun «Cho’li Iroq» poemasi (1950), «sayilga yurish» kabi syuita- lar, «Farg’onacha kvartet», qo’shiqlar («Mohigul», «cho’pon qiz») va romanslar («Ayladi», «Zebosidan», «ko’k chashma- si», «Navbahor», «gul boqqa», «Guli- stonim mening») yaratgan, shuningdek, «Stadionda uchrashamiz» (g. Mushel b-n hamkorlikda) kabi kinofilm va radio- postanovkalarga musiqa yozgan.