Sobor

Sobor — 1) xristianlikda — oliy martabali ruhoniylar toatibodat qiladigan yirik xristian ibodatxona- si. O’rta asrlarda S.lar shahar markazi- dagi asosiy binolardan hisoblanib, go- tika, roman uslubida salobatli (tashqi va ichki qiyofasi me’moriy jihatdan mukammal) qilib qurilgan (Rimdagi Avliyo Pyotr, Londondagi Avliyo Pavel, Novgorod va Kievdagi Sofiya S.lari va b. diqqatga sazovor). Toshkentda- gi Spase Preobrajensk S. i (1888), Samarqanddagi Pokrovsk S. i (1902) kabilar Vizantiya me’morligi ta’siri- da («rus» uslubidagi eklektizm ruhida) qurilgan; 2) 16-17-a.larda Rossiyada eng muhim ishlarni muhokama qilish va hal etish uchun to’plangan dunyoviy va liniy mansabdor shaxslar yig’ini (mas, Zemstvo Si).