Soch

Soch (mo’y, tuk, jun) — odamning bosh terisidan o’sadigan ipsimon shox unum. S. mayin, dag’al, jingalak bo’ladi. S.ning teri ustidagi qismi tola, teri ostidagi qismi esa iddiz deyiladi. S. iddizi S. xaltachasida joylashgan. Xaltachaga atro- fidagi yog bezlarining yo’li ochiladi. Xaltachaning ichki qinida S. piyozchasi va so’rg’ichi joylashgan. S. so’rg’ichida qon to- mirlar va nervlar bo’ladi. S, asosan, azot va oltingugurtga boy oqsilli shox modda — keratindan tashkil toptan. S. rangi kora, malla, okish bo’ladi, bu, asosan, soch- dagi pigmentlar miqdoriga bog’liq. Yosh o’tgan sayin sochdagi pigmentlar kamay- ib, u oqara boshlaydi (q. Soch oqarishi). S.da pigment mutlaqo bo’lmasa, u tug’ma oq bo’ladi (q. Albinizm). S, asosan, pi- yozchadan usadi. S.ning o’sishi organizm- ning umumiy ahvoliga, nerv va endokrin sistema holatiga, moddalar almashinu- VI, ovqatlanish tarzi, shuningdek, uni parvarish qilishga bog’liq. Sog’lom S. pishiq va elastik, jiloli bo’lib yilti- rab turadi. Yuqori tra va ishqorlar (na- shatir spirti, soda, kir sovun va b.) ta’- sirida S. holati o’zgaradi, u to’kiluvchan va mo’rt bo’lib qoladi. Nerv va endokrin sistema faoliyatining o’zgarishi va b. omillar ta’sirida yog’bezlari ko’gshab yog’ishlab chiqaradi, natijada S. haddan ziyod yogli bo’lib ketadi. Turli kasalli- klar yoki S.ni noto’g’ri parvarish qilish (boshni botbot, ayniqsa, qattiq suv va ishqorli sovun bilan yuvish, S.ni teztez jingalak qilish) uning o’sishiga zararli ta’sir etadi; u juda quruq, xira bo’lib qoladi va to’kilib ketadi. Soch kasalliklari. Yog’bezlari funk- tsiyasining buzilishi S.ning o’zgarishiga sabab bo’ladi. Natijada bosh terisida mayda kepakka o’xshash tangacha — qazg’oq paydo bo’ladi, bu ko’pincha seboreya kasal- ligida kuzatiladi. S. to’kilib, o’rnidan yangi S. chiqib turishining buzilish sa- bablari har xil; ba’zan S. butunlay to’kilib, kal bo’lib qolishi yoki, aksincha, S. zo’r berib o’sishi mumkin. Bosh kiy- imning og’ir yoki tor bo’lishi, uzoq vaqt parik kiyib yurish, shuningdek, oftobda boshya- lang yurish va boshqalar S. to’kilishiga sabab bo’ladi. Qish kunlari boshyalang yurish yaramaydi, aks holda yuza tomir- lar kisilib S. oziklanishi buziladi. S. strukturasi va ko’rinishining o’zgarishi terining zamburug’kasalliklarida (mi- krosporiya, trixofitiya, kallik) ham ku- zatiladi. S.da kasallik paydo bo’lsa, al- batta, vrachga murojaat qilish zarur. Soch parvarishi. Sochlarni mustahkamlash uchun organizmning umu- miy ahvolini yaxshilash, ochiq havoda ko’proq yurish, fizkultura, sport bilan shug’ullanish, ovqatlanish, uxlash tarti- biga rioya qilish kerak. Sochni yuvish. Yog’li S.ni har haftada, quruq va normal S.ni har 10-14 kun- da yumshoq suv bilan yuvish lozim. Agar yumshoq suv bo’lmasa, vodoprovod suvini kaynatib tindirib qo’yish kerak; bunda tuzlar idish tagiga cho’kadi, keyin suvni boshqa idishga quyib olib ishlatiladi. Suvni yumshatish uchun bir litriga bir choy qoshiq ichimlik sodasi, bura yoki yarim choy qoshiq novshadil spirti qo’shish mumkin. Boshga sovun tegizish yaramaydi, aks holda S. mo’rt bo’lib qoladi, sovunni qo’lda ko’pirtirib surtgan ma’qul. S.ga kirsovun ishlatish mumkin emas. S. ran- gi, jilosi birday turishi uchun boshni yuvib bo’lgandan so’ng, bir litr suvga bir osh qoshiq moychechak (romashka) qo’shib chayish kerak. Boshni issiq suv bilan yuvish lozim (suv t-rasi 50-55° dan osh- masligi kerak). S quruqbo’lsa, yog’li so- vunlardan foydalangan ma’qul. Boshga qatiq yoki tuxum sarig’ini surtib ro’mol tang’ib qo’yish, 5-10 min.dan keyin yuvib tashlash yaxshi naf beradi. Quruq S.ni yog’liroq qilish maqsadida S.ga biror isitilgan o’simlik moyi (mas, kanakun- jut moyi) surtish, ma’lum vakt o’tgandan keyin boshni yuvib, limon sharbati yoki bir litr suvga bir osh qoshiq sirka qo’shib chayiladi. Yog’li S.ni har qanday atir sovun, shampun yoki suyuq sovun bi- lan yuvsa bo’ladi. Kishi keksayganda sochi mo’rt va to’kiluvchan bo’lib qoladi; bunday g’ollarda bosh yuvishdan oldin unga tuxum sarig’i va o’simlik moyi surtish, boshni ro’mol bilan tang’ib, yarim soatdan key- in sovunlab yuvish lozim. Oqargan S.ni sinkali suvda chayilsa, u jilolanib turadi. S.ni to’g’ri tarashga odatlanish kerak; kalta S. tagidan, uzun S. esa uchi- dan taraladi. To’kiluvchan S.ni tarashda keng tishli taroq yoki soch cho’tkasi ishla- tiladi, lekin hadeb chutka bilan tarash yaramaydi, u terini zararlashi mumkin. Boshni engil massaj qilib turish yaxshi naf baradi. Har bir kishining alohida tarog’i bo’lishi kerak. Saidqosim Arifov.