Soch oqarishi

Soch oqarishi – soch rangining o’zgarishi; soch ildizi pigmentining ka- mayishi yoki yo’qolishidan kelib chikddi. Asosan, kishi qariganda kuzatiladi; 35-40 yoshlarda bittaikkita soch oqara boshlaydi, ba’zan soch vaktidan ilgari oqarishi ham mumkin. Dastlab chakka- dagi, keyinroq borib butun boshdagi soch oqaradi; qosh va kipriklar kechroq oqaradi. Qariganda So. normal fizio- logik holatdir. Yoshlikda So. ga nerv va endokrin sistema faoliyatining buzili- shi, kamqonlik, vitaminlar etishmasli- gi, asabiy holat, o’ta tolikish va b. sabab bo’ladi. Vaqtidan ilgari so. irsiy bo’lib, na- eldannaelga o’tishi ham mumkin. Oqargan soch dastlabki jilosini yo’qotadi; uni serjilo qilish maqsadida xina, bas- ma (qora xina) kabi o’simlik bo’yoqlari yoki kimyoviy bo’yoklardan foydalanish tavsiya etiladi. Soch bo’yagichlariga ruju qilaverish yaramaydi; buyrak kasalli- klari, homiladorlik va bola emizish davrida soch bo’yagichlardan foydalanish tavsiya etilmaydi. Soch bo’yashdan oldin vrach bilan maslahatlashib olgan ma’qul.