SOF MAHSULOT

SOF MAHSULOT – moddiy ishlab chiqarish sohasida korxona yoki tarmoqda yangidan yaratilgan qiymatni xarakterlovchi ko’rsatkich. Sof mahsulot yalpi mahsulotdan iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymatiga farq qiladi. Rejalashtirish va statistikada sof mahsulot yalpi yoki tovar mahsulotidan moddiy xarajatlami (uning ichiga asosiy fondlar amortizatsiyasi ham kiritiladi) ayirib tashlash orqali aniqlanadi. Hamma tarmoqlarda sof mahsulotlarning jami ishlab chiqarilgan milliy daromadni tashkil etadi.