Sofistlar

Sofistlar (Yun. sophistes — mohir, dono) — 1) Yunonistonda akd- li, bilimdon kishilar, maxsus hunar egalari; 2) mil. AV. 5-a.ning 2-yarmi — 4-a.ning 1-yarmida Yunonistonda dono- lik va chiroyli so’zlashuvga o’rgatuvchi o’qituvchilar, faylasuflar. Ular ma’- lum miqdordagi haq olish evaziga ki- shilarga munozara olib borish san’- atini, raqibining mulohazalaridagi zaif tomonlarni topib, ularga zarba berish, o’z fikrini boshqalarga o’tkazish, munozarada engib chiqish usullarini o’rgatishgan. Bunda sofistika uslubidan foydalanishgan. Shu maqsadda raqibni dovdiratib qo’yadigan mantiqiy sofizm va paradokslar o’ylab chiqarishgan. Pro- Tagor, Gorgiy, Gippiy, Prodik va b. mashhur S.dir. S. alohida bir maktab- ni tashkil etishmagan. Pekin ularning etika, siyosat, bilish nazariyasi sohasiga qiziqishlarida umumiy tomonlari bor. Mil. AV. 5-a.da Yunoniston ma’naviy hayotida falsafaning tadqiqot ob’ekti- ni dunyo muammolaridan inson va uning ma’naviy olami muammosiga burish ko’zga tashlanadi. S. «inson hamma narsa- larning o’lchovidir» degan g’oyaga tayanib ish yuritishgan. Aristotel S.ni «soxta donolik o’qituvchilari» deb atagan.