Sokotra
Sokotra — Hind okeanidagi Orol- lar guruhi (eng katta oroli — Sokotra), Gvardafuy burnidan sharkda. Yaman Re- spublikasi hududi. Mayd. 3,6 ming km2. Kristall jinslardan tuzilgan. Eng ba- Land joyi 150 m. Iqlimi tropik, quruq iqlim; o’rtacha t-rasi yanv.da 21°, iyunda 28°. Yillik yog’in 250-300 mm. Chala cho’l o’simliklari o’sadi, tog’larda kse- rofil daraxtzorlar bor. Xurmo daraxti o’stiriladi. Aholi chorvachilik va baliq ovlash b-n shug’ullanadi. Bosh shahri — Xadibu.