So’lak
So’lak — so’lak bezlarilan ishla- nib chiqadigan tiniq yopishqoq suyuklik (sekret). S. eyilgan ovqatni namlab ovqat luqmasi hosil bo’lishiga imkon beradi. Odam sulagi 99% suv va unda erigan organik hamda anorganik mod- dalardan iborat. Katga odamlarda bir kechakunduzda 1,5 l gacha S. ajraladi. S tarkibida mikroorganizmlar, leykosit- lar, fermentlardan amilaza, lizosim, oqsillardan albumin, globulin, shu- ningdek, xolesterin, glyukoza va Vita- minlar bor. Ovkat xili, organizmning fiziologik holati, kishi yoshiga qarab S. sifati va mikdori o’zgaradi. S. og’iz bo’shlig’iga tushgan bakteriyalarni nobud qilish xususiyatiga ham ega. Hayvonlar (mas, ilonlar) so’lagida zaharli moddalar bo’lib, ular himoya va hujum qilish vositasi sifatida ish- latiladi. To’garak chuvalchanglar, ba’zi qushlar so’lagidagi shilliq moddalar- dan in qurishda yopishtirish uchun foy- dalaniladi. Keyinchalik hasharotlar, ba’zi mollyuskalar va umurtqalilar so’lagida karboangidrazalar, ba’zi yirtqich boshoyoqlilar so’lagida zaharlar va shilliqdan tashqari, proteazalar, nu- kleazalar (RNKaza, DNKaza) bo’ladi.