Soliev Bulat (Bekbulat) Majidovich

Soliev Bulat (Bekbulat) Majidovich (1882.22.3, Astraxon 1937.13.10, Toshkent) — tarixchi olim, prof. (1926). Qozon va Ufa sh.laridagi madrasa- larda o’qigan. 1909 y.dan Turkiston o’lkasi qishloqlarida maktablar ochib, o’qituvchilik kilgan. 1917-18 ylar nashr etilgan «el bayrog’i» gaz.ning muharriri. Qo’qonda o’qituvchilar Semi- nariysi va Farg’onada qishloq maktabla- ri uchun o’qituvchilar tayyorlash kursla- rini tashkil qilishda qatnashgan (1918). 1919-20 y.larda Toshkentda turli o’quv yurtlari va kurslarda ishlagan. 1923— 24 y.larda Buxoroda nashr etilgan «Ma- Orif» jur.ning muharriri. 1925— 27 y.larda Moskvadagi qizil professorlar in-tida o’qigan va Sverdlov nomidagi un- tning tarix ftini tugatgan, ayni vaqtda SSSR xalqlari Markaziy nashriyotida ilmiy xodim. 1927 y.dan Samarqandda Oliy pedagogika in-ti prof., mazkur in- tda O’rta Osiyo tarixi kafedrasini tash- kil qilib, O’rta Osiyo tarixidan dars bergan. «Qizil qalam» adabiy jamiyati a’zosi. 1936 y.dan O’zbekiston fanlar qo’mitasidagi O’zbekiston tarixi va adabiy bo’limi boshlig’i. S.ning ilmiy faoliyati Sharq mamlakatlari, xususan, O’rta Osiyo tarixi, etn. va iqtisodiyotini o’rganishga bag’ishlangan. 1937 y. qatag’on qilingan va otib tashlangan. 1956 y. oklangan. Samarqanddagi ko’chalardan biri S. nomi b-n ataladi. As: Buxoro o’lkasi mang’itlar saltana- ti davrida, T., 1926; O’rta Osiyoda Islom dinining tarqalishi, T. — Samarqand, 1928; O’zbekiston tarixi (15-19-a.lar), T., 1929. Ad.: Germanov V. A., Professor Pulat Saliev i ego vremya, T., 2002.