Solih Ali Abdulloh

Solih Ali Abdulloh (1942, sana viloyatining bayt al-Ahmar qishlog’i) — Yaman davlat arbobi. Marshal. 1958 y.dan Yaman Arab Respublikasi qurolli kuch- lari safida. Qurolli kuchlar qoshidagi zobitlar o’quv yurtini tugatgan (1962). Monarxiyani ag’darib, respublika tuzu- mini o’rnatgan 1962 y. sent. Inqilobida qatnashgan. Bronetank qo’shinlari bilim yurtida o’qigan (1964-66). Tank vzvodi, bronetank polki komandiri (1966-75), harbiy okrug qo’mondoni (1975-78). 1978 y.dan Yaman Arab Respublikasi Pre- zident kengashi a’zosi, qurolli kuchlar bosh qo’mondoni o’rinbosari. 1978 y. 17 iyuldan Yaman Arab Respublikasi Prezi- Denti, qurolli kuchlar bosh qo’mondoni. 1990 y. Yaman Arab Respublikasi bilan Yaman Xalq Demokratik Respublikasi birlashgandan keyin Yaman Respublikasi prezidenti.