Solipsizm

Solipsizm (lot. solus — bir, yagona va ipse — o’zim) — 1) voqelikda faqat inson va uning ongi mavjud, ob’- ektiv dunyo va boshqa odamlar shu indi- vidning ongidagina mavjuddir, deb hisoblovchi falsafiy nazariya. Sub’- ektiv idealistik ta’limotlarning hammasi S.ga moyil (Berkli, Fixte, Max va b.). S. insonning har qanday faoliya- tini, shu jumladan, fanni ham ma’nosiz qilib qo’yadi, chunki uning vakillari xar qanday narsa mening ongimga shunday bo’lib tuyuladi, xolos, deb fikr yuri- tishadi. Sezgnni bilishning manbai sifatida mutlaqlashtirish S.ning gno- seologik asosi bo’lib xizmat qiladi; 2) etikada — o’ta xudbinlik, egosentrizm ma’nosida ishlatiladi.