SOLIQ YUKI

SOLIQ YUKI – mablag’larni boshqa foydalanish mumkin bo’lgan yo’nalishlardan olib, soliqlarni to’lash uchun yo’naltirish orqali vujudga keladigan iqtisodiy cheklovlar darajasi bo’lib, odatda, soliq to’lovchining muayyan davrda budjetga to’langan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning yig’indisi sifatida namoyon bo’ladi. Mamlakat miqyosida soliq yuki darajasi soliqlarning yalpi ichki mahsulotdagi salmog’i orqali ifodalanadi.