SOLIQ YURISDIKTSIYASI
SOLIQ YURISDIKTSIYASI – davlat soliq organlarining huquqiy masalalarni va soliq huquqbuzarligi to’g’risidagi ishlarni hal qilish bo’yicha qonunga binoan (yoki boshqa me’yoriy hujjatga ko’ra) belgilangan vakolatlari yig’indisi. Bu vakolatlar ikki me’zon bo’yicha aniqlanadi: l) rezidentlik; 2) hududiylik. Bular, o’z navbatida soliqqa tortiladigan daromadlarning tarkibini aniqlab beradi. Barcha mamlakatlarda bu me’zonlami qo’llashda yagonalik bo’lmaganligi uchun ikki marta soliqqa tortish muammosi vujudga keladi. Me’zonlarni tanlash har bir mamlakatning milliy manfaatlari bilan bog’liqdir. Ayrim mamlakatlar amaliyotida bu me’zonlarni turli variantlarda kombinatsiya qilib qo’llash keng tarqalgan. Masalan, AQSH va Buyuk Britaniyada asos sifatida rezidentlik me’zoni olinsa-da, u mamlakatlarning aniq manfaatlariga bog’liq ravishda hududiylik mezoni bilan to’ldirilgan. Lotin Amerikasi mamlakatlarida esa soliq yurisdiktsiyasi ustuvorlik bilan hududiylik me’zonini qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Bu tartib Fransiya, Shveytsariya va boshqa mamlakatlarning soliq amaliyotida ham muhim ahamiyat kasb etgan.