SOLIQLARNING TURLARI

SOLIQLARNING TURLARI – O’zbekiston hududida olinadigan umumdavlat soliqlari, mahalliy soliqlar va yig’imlardan iborat. Umumdavlat soliqlarining tarkibiga yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig’i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i, qo’shilgan qiymat solig’i, aksizlar, yer osti boyliklaridan, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq kabilar kiradi. Mahalliy soliqlar va yig’imlar mol-mulk solig’i, yer solig’i, reklama solig’i, avtotransport vositalarini sotganlik uchun soliq, savdo-sotiq qilish huquqi uchun yig’im, shu jumladan, ayrim turdagi mahsulotlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya yig’imlari, yuridik shaxslarni, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslarni ro’yxatga olganlik uchun yig’im, avtotransport to’xtash joyidan foydalanganlik uchun yig’im, obodonlashtirish ishlari uchun yig’imlardan iboratdir.