SOLIQQA TORTISH MANBAI
SOLIQQA TORTISH MANBAI – soliqlarni to’lash uchun foydalaniladigan rezerv, odatda, soliq to’lovchining daromadi va kapitali. Engumumiy shaklda soliqqa tortish manbai bo’lib soliqqa tortish obyektidan qat’iy nazar ijtimoiy takror ishlab chiqarish asosiy qatnashchilarining va davlatning birlamchi pul daromadlarini shakllantiruvchi yalpi ijtimoiy (ichki) mahsulot hisoblanadi.