Solkashlik

Solkashlik — mevali daraxt- larning yil ora hosil berishi. Bu Xu- susiyat, asosan, urug’li mevalilarga xos. S. noklarda, odatda, olmaga Karaganda juda kam uchraydi. S, asosan, agrotexni- kaga bog’liq. Parvarishi yaxshi (tuprog’i ishlanadigan, o’g’itlanadigan, sugori- ladigan, butab turiladigan) o’simlik to’qimalarida kerakli mikdorda oziq moddalar to’planib, gul kurtaklari- ning shakllanishiga, ya’ni kelasi yil hosiliga zamin yaratiladi va bunday da- raxtlar har yili hosil beradi. Odatda, mevali daraxtlar ko’p gul ocha- Di. Olma va nok daraxtlarining 10— 15% guli meva tugsa, serhosil hisoblanadi. Agar daraxtda gul juda ko’p bulsa, bir yillik novdalar sust usadi, barglari maydalashadi. Natijada daraxtlar kel- gusi yili hosil uchun kerakli mikdorda- gi gul kurtaklarini shakllantira olmay- Di. Shu davrgacha har yili hosil berib kelgan daraxt solkash bo’lib qoladi. S. meva navita ham bog’liq. Ayrim olma navlari (mas, Simirenko) yaxshi tabiiy sharoitda etarlicha parvarish qilinsa, ayrimlari esa (mas, Delishes) qo’shimcha parvarish qilingandagina har yili hosil beradi. S.ni yo’q qilishda yoki uni kamaytirishda payvandtagning ahamiyati katta. Mas, kucheiz o’suvchi pay- vandtag (paradizka, dusen)ga ulangan olma daraxti har yili hosil beradi. S.ni bartaraf etishda har bir navning xususiyatini hisobga olgan holda tashqi muhit sharoiti, ayniqsa, agrotexnika tadbirlari majmui katta ahamiyatga ega. Har yili hosil berishga yordam beruvchi tadbirlarni ishlab chiqishda bog’larga ekiladigan navlar tarkibini tuzish, agrotexnologiya talablarini to’liq va si- fatli o’tkazish muhim rol o’ynaydi.