Solyar iqlim

Solyar iqlim – (lotincha solaris- quyoshli) – radiatsion iqlim. Joyning geografik kengligi va Quyoshning gorizontdan balandligining o`zgarishinigina nazarda tutib, nazariy hisoblab chiqariladigan iqlim. Bunda iqlim hosil qiluvchi boshqa omillar: quyosh nurining atmosferadan qaytishi, havo qatlamida tarqalishi, yer yuzasining holati, reylef, atmosfera sirkulyatsiyasi, oqimlar va h.k. lar hisobga olinmaydi. Shu sababli solyar iqlim haqiqiy iqlimdan farq qiladi.