Somsa

Somsa — xamirli taom turi. O’zbek pazandaligida S, asosan, tandir- ga yopib tayyorlanadi. Hozir gaz Duxov- kalarida ham pishiriladi. Har qanday S. tayyorlash uchun bug’doy unidan xamir qorilib, jild tayyorlanadi. Go’sht ish- latiladigan S.ning ba’zi turlari uchun oshirilgan, ba’zan esa oshirilmagan xamir tayyorlanadi, tandirga yopishdan oldin qizigan tandirga namakob sepi- ladi (ayrim hollarda duxovka yog’lanadi). S.ning masalliqlariga qarab farmuda S, go’sht S, varaqi S, ko’k S, qovoq S, yalpiz S, kartoshka S. kabi turlari bor (yana q. Varaqi somsa, ko’k somsa).