Soniy

Soniy, Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniy (1950, Do’ha) — Qatar davlat arbobi. Buyuk Britaniyadagi Sanderxest harbiy bilim yurtinitugatgan (1971). Ge- neralmayor. 1971 y.dan harakatlanuvchi batalon komandiri, so’ng qurolli kuch- lar bosh qo’mondoni. 1977 y. 31 mayda valiaxd Shahzoda deb e’lon qilingan va mudofaa vaziri etib tayinlangan. Keyinchalik rejalashtirish oliy maj- lisi raisi. 1979-91 y.larda yoshlarga g’amxo’rlik qilish qo’mitasi raisi. 1995 y.dan Qatar davlati amiri.