Soprano

Soprano (ital. sopra — yuqorida so’zidan) — 1) xonandaning eng yuqori ovozi. Diapazoni birinchi oktava «do» dan uchinchi oktava «do» — «mi» gacha (ayollarda), ikkinchi oktava «lya»gacha (bo- lalarda). S. boshqa ovozlardan «bosh» registr ustunligi bilan farqlanadi. Kuchli tovushdagi dramatik (Puchchini- ning «Turandot» operasidagi Turandot partiyasi), yumshoq tembrli lirik (Gu- noning «Faust»idagi Margarita), ko- loraturali S. kabi turlarga bo’linadi; 2) xordagi eng yuqori ovozli partiya; 3) ba’zi sozlarning yuqori registrli turi (mas, S.li saksofon).