So’rov

So’rov — sosiologik tadqiqotlarda qo’llaniladigan dastlabki axborot yig’ish uslubi. So’rov yordamida o’rganilayotgan ob’ekt to’g’risida empirik ma’lumot to’planadi. So’rov jamoatchilik fikrini, ya’ni fuqarolar, ijtimoiy guruhlarning jamiyat muammolariga munosabatini o’rganishga qaratiladi hamda ijtimoiy axborot to’plash, aholining iste’mol ta-labini o’rganish va shu kabi maqsadlarni nazarda tutadi. Ijtimoiy axborot ijtimoiy ahamiyatga molik voqealar to’g’risidagi bilimlardir. So’rov jarayonida respondentlar (sosiologik tadqiqotda axborot olish manbai sifatida ishtirok etuvchi shaxslar) so’rovnomadagi savol- larga yozma javob beradilar. So’rov sotsiologik axborotning ishonchliligini, ya’ni tadqiqotlarda olingan ma’lumotlarning haqqoniyligini ta’minlashi zarur.