Sovitkich, xolodilnik
Sovitkich, xolodilnik — oziq- ovqat mahsulotlari va b. tez ayniydigan mahsulotlar saqlanadigan inshoot yoki qurilma. S.da mahsulotlar atrof muxit t-rasidan past tradi saqlanadi. Bunday tra sovitish mashinasi yordamida hosil qilinadi. Har qanday S. maxsus qurilgan xona yoki metall shkaf, bug’latkich, kon- densator, kompressor, elektr dvigateli va tra relesidan iborat. Nima maqsadda ishlatilishiga karab, S. lar uyro’zg’or va sanoatda ishlatiladigan turlarga bo’linadi. Uyro’zg’or Si tez ayniydigan oziq-ovqat mahsulotlari (go’sht, baliq va b.) va ta gomlarni qisqa muddat sa- klash hamda ro’zg’or ehtiyojlari uchun muz tayyorlash uchun ishlatiladi. Bunday S.lar har xil hajmli (20-800 l) qilib ishlab chiqariladi. Mahsulotlarni sa- klash muddatiga ko’ra, S 4 toifaga: 1 — muzlatilmagan mahsulotlarni saqlash (past trali bo’lmasiz); 2 — qisqa mud- dat (bir necha sutka mobaynida) sak- Dash; 3 — o’rtacha muddat (2 haftagacha) saqlash va 4 — uzoq muddat (3 oygacha) saqlash uchun mo’ljallangan S.larga bo’linadi. Uyro’zg’or S.ida tra +6° dan -18° gacha bo’lishi mumkin. Sovitish qurilmasining turiga ko’ra, S.lar kom- pression, absorbtsion va termoelektr turlarga bo’linadi. Kompression S.lar eng ko’p tarqalgan. S.dagi sovitish agen- ti — ammiak, freon va ba’zi uglevod- lar. Kompression S.da elektr dvigatel kompressorni harakatlantiradi. Kom- pressor sovitish agentini kapillyar nay- chalar orqali haydab beradi. Natijada sovitish kamerasida va umuman S. shkafi ichida past tra xrsil bo’ladi. Uyro’zg’or S.lari bir kamerali va ikki kamera- li bo’lishi mumkin. Mahsulotlar ham saqlanib, ham muzlatiladigan S. muz- latkich deb ataladi. Sanoatda ishlatila- digan S.lar i.ch.da foydalaniladigan va taqsimot slariga bo’linadi. Ular sovi- tish kameralari, muzlatish kurilmalari, sovitish agenti aylanadigan naychalar, Trani nazorat qilish va avtomatik tarz- da rostlab turish asboblari b-n ta’- minlanadi. S.ning sovitish va saklash kameralarida tra 0° atrofida, muzla- tish kameralarida -18° dan -40° gacha bo’ladi. Muzlatilgan mahsulotlar -18° da saqlanadi. Sig’imi bir necha o’n kg dan 10000 t gacha bo’lishi mumkin. Vazifasiga qarab, S.lar bir va ko’p qavatli bo’ladi. Bunday S.lar savdo korxonalarida, go’sht kombinatlarida, portlar va b. joylarda ishlatiladi. O’zbekistonda ham S. (va kondisio- nerlar) ishlab chiqariladi (q. Samarqand «Sino» aktsiyadorlik jamiyati).