Sovuqqonlik

Sovuqqonlik (huquqda) man- sabdor shaxsning o’z vazifalariga loqaydligi, palapartishligi yoki vij- donsizlarcha munosabatda bo’lishi oqibatida ularni bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi va shu tufayli fuqarolarning huquklari yoki manfaatlariga, davlat va jamoat manfa- atlariga ziyon etkazilishi. S O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi bo’yicha boshqaruv tartibiga qarshi hamda harbiy mansabdorlik jinoyatlaridan xisobla- nadi. JK ning 207, 302moddalarida S. uchun javobgarlik belgilangan.