So’x svitasi
So’x svitasi — quyi to’rtlamchi davrga mansub yotqiziqlar, 1932 yil mustaqil svita sifatida ajratilgan. So’x svitasi Farg’ona, Isfara, Shohimardon atroflarida, Norin daryosi vodiysida mavjud, qalinligi 1000 metrgacha. So’x svitasi, asosan, qum, shag’al va konglomeratlardan tarkib topgan. Svita jinslari yura, bo’r va uchlamchi davr yotqiziqlarining yuvilishi va oqin suvlar faoliyati natijasida vujudga kelgan. So’x svitasi yotqiziqlari qurilish materiallari sifatida ishlatiladi.