So’z erkinligi
So’z erkinligi — insonning asosiy shaxsiy va fuqarolarning siyosiy huquklaridan biri; hoz. davrda aksari- yat mamlakatlarda «axborot erkinligi» deb ataladigan umumiy huquqning tarki- biy qismi. O’z fikrini ommaviy tarzda (og’zaki va ommaviy axborot vositalari- dan foydalangan holda yozma) bayon etish imkoniyatini bildiradi. S.e.ga demo- kratiya ko’rinishlaridan biri sifatida qaraladi. O’zbekistonda S.e. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida nazar- da tutilgan. Konstitusiyaga ko’ra, «har kim fikrlash, suz va e’tiqod erkinligi huquqiga ega» (29modda). Uzbekiston Re- spublikasining Konstitusiyasi buyicha xar kim uzi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ham ega. Biroq amaldagi konstitusiyaviy tuzum- ga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir. Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat dav- lat siri va boshqa sirlarga taallukli bo’lgan taqdirdagina qonun bilan che- klanishi mumkinligi Konstitusiyada o’z ifodasini topgan. O’zbekiston Respu- blikasining «Davlat sirlarini saqlash to’g’risida»gi qonunida davlat sirlari toifalari anikdangan va ular haqidagi ma’lumotlarni olish va tarqatish chega- ralangan. Demokratik mamlakatlarda omma- viy axborot vositalarining faoliyati S.e.ga asoslangan. O’zbekiston Respubli- kasining Konstitusiyasida ham alohida moddada ana shu qoida alohida ta’kid- lab o’tilgan. Unga ko’ra, «ommaviy ax- borot vositalari erkindir va qonunga muvofiqishlaydi… Tsenzuraga yo’l qo’yilmaydi» (67modda). Fuqarolar om- maviy axborot vositalarida, jumladan, televidenie va radio, matbuotda o’z FIK- rlarini erkin bayon qilishi, so’zlashi mumkin. Erkin fuqarolik jamiyatining Qonunchilik va sud amaliyoti S.e. Sui- ste’mol qilinishining oldini olish maqsadida unga nisbatan muayyan che- klashlar tizimini ishlab chiqqan. Xusu- san, jahonning ko’pchilik davlatlarida S.e.dan qonuniy davlat hokimiyatini zurlik bilan ag’darish, davlat siri va qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa sirni oshkor kilish, jinoyatlar sodir etishga undash, milliy, irqiy, Di- niy va b. adovatni keltirib chiqarish, boshqa shaxslarni haqoratlash va tuhmat qilish, jamoat axloqi va odobila- ni buzish maqsadida foydalanish man qilinadi. Bu haqda qonunchilikda te- gishli yuridik javobgarlik belgilana- Di. Favqulodda rejim va harbiy holat amal qilayotgan davrda S.e.ni cheklashlar ortishi mumkin. O’zbekistonda S.e.ga oid Konstitu- tsiyaviy qoidalar quyidagi qonunlarda aniklashtirilgan va rivojlantirilgan: «Axborot olish kafolatlari va erkinli- gi to’g’risida» (1997), «ommaviy axborot vositalari to’g’risida» (1997), «jur- nalistlik faoliyatini himoya kilish to’g’risida» (1997), «mualliflik huquqi va turdosh huk^klar to’g’risida» (1996), «Noshirlik faoliyati to’g’risida» (1996), «Reklama to’g’risida» (1998), «axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to’g’risida» (2002). Ushbu qonunlarning asosiy maqsadi O’zbekistonda S.e.ni ta’minlash kafolatlariga, har kimning axborotni erkin va moneliksiz izlash, olish, tekshirish, tarqatish, foyda- lanish va saqlash huquqlarini ro’yobga chiqarishga qaratilgandir. Akmal Saidov.