SPAZMOLITIK MODDALAR

SPAZMOLITIK MODDALAR (spazm va … Liz) — silliq muskul- li a’zolar (tomir, bronx, me’daichak, o’t, siydik yo’llari va b.) devorini bo’shashtiradigan dorilar. Miotrop va neyrotrop S. m. bo’ladi. Silliq muskul- larga bevosita ta’sir etadigan miotrop Sm.ga papaverin, noshpa, eufillin, dibazol va b., silliq muskullarning qisqarishiga sabab bo’ladigan nerv im- pulelarini yo’qotadigan neyrotrop Sm.ga esa xolinolitik moddalar (mxo- linolitiklar — atropin, spazmolitik va b.) hamda simpatomimetik dorilar (adrenalin, efedrin, izadrin) kiradi. Sm. stenokardiya, bronxiol astma, miya tomirlari spazmi, xolesistit, me’da va o’n ikki barmoq ichak yarasi, o’t va buyrak toshi kasalliklarida qo’llanadi.