Spidometr

Spidometr (ing. speed — tez- lik va metr) — transport mashinala- rining harakat tezligini (km/soatda) ko’rsatadigan asbob. Magnit induktsi- yali va mexanik xillari bor. Magnit induktsiyali S. mashinaning uzatmalar qutisidagi ikkilamchi val bilan bi- rikkan o’zgarmas magnit maydonining S. mili biriktirilgan disk yoki tsilindrda induktsiyalanadigan uyurma toklar magnit maydoni bilan o’zaro ta’sirlashuviga asoslangan. S. mili mashinaning harakat tezligiga mos ravishda buriladi. Mexa- nik S. markazdan qochmakuchga asosan ish- laydi (yana q. Taxometr). S. mexanik yoki elektr usulda mashina transmissiyasi yoki g’ildiraklaridan harakatga keltiri- ladi. S.ning bir uzeliga transportning o’tgan yo’lini ko’rsatuvchi hisoblash mexa- nizmi o’rnatiladi.