Spirogira

Spirogira (Spirogyra) — kon’- yugatlar sinfiga mansub suvo’tlar tur- kumi. Chuchuk suvlarda keng tarqalgan. Iplari shoxlanmagan, 4-200 mkm ken- glikda, bir qator hujayralardan ibo- rat. Hujayralarida bittadan bir nechta- gacha spiral o’ralgan xromotoforalari bo’ladi. Vegetativ va jinsiy ko’payadi. Vegetativ kupay i shi noqulay sharoitda bir qancha hujayralarga ajralishi yoki iplarning tasodifiy uzilishi orqali sodir bo’ladi. Jinsiy kon’yugasiya orqali ko’payishi 2 ta spirogira ipla- rining parallel joylashib, kon’yugasi- yalangandan so’ng hosil bo’lgan zigotadan yangi S. o’sib chiqishidan iborat. 340 ga yaqin turi ma’lum. Oqmaydigan va tinch oqadigan suvlarda ko’p uchraydi; ko’pincha suv yuzasida yoki suv tubidagi balchikda «baqato’n» deb ataladigan to’shalma hosil qiladi.