Spondilyoz
Spondilyoz (Yun. spondylos — umurtqa) — umurtqa pog’onasining Su- runkali kasalligi. Umurtqalarning suyak to’qimalari yuzasida o’simtalar o’sib ke- tishi tufayli umurtqalar shaklining o’zgarishi. Moddalar almashinuvining buzilishi organizmda ohak tuzlarining ko’p yig’ilishiga sabab bo’ladi. Ko’pincha keksalarda umurtqa pog’onasiga ko’p yil davomida og’irlik tushib borishi va yosh ulg’ayishi bilan moddalar almashinuvi-ning buzilishi oqibatida ro’y beradi. Erkaklarda ayollarga nisbatan ko’p uch- raydi. Yoshlarda S.ning vujudga kelishi- ga umurtqa pog’onasining qiyshayishi sa- bab bo’ladi, chunki bunda og’irlik umurtqa pog’onasiga bir xilda tushmaydi. Ba’zan S. ich terlama yoki revmatizm kasalligi oqibatida ham vujudga kelishi mumkin. Sda umurtqa pog’onasi og’rib, ayniqsa uning bo’yin va bel qismida harakatlanish buziladi. Og’riq, asosan, uyqudan tur- ganda ro’y beradi, bunday hollarda harakat qilish ancha qiyin bo’ladi, bel og’riydi, ba’zida qirsillaydi. Bemor kerishgandan so’ng harakat qilish oson- lashadi, og’riq yo’qoladi. Og’riq ko’pincha huruj bilan kechib, obhavo o’zgarganda ko’payadi, bunda bo’yin, ko’krak va bel umurtqalarining surunkali radikulita paydo bo’lishi mumkin. S.ning oldini olish uchun organizmni chiniqtirish, dam olish va mehnat reji- miga rioya qilish, fizkultura va sport bilan muntazam shug’ullanish kerak. S.ni davolashda massaj, davo gim- nastikasi, rasional ovqatlanish va har xil fizioterapevtax muolajalar buyu- riladi.