Sport anjomlari va jihozlari

Sport anjomlari va jihozlari — jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari, musobaqalari uchun muljallangan aslahalar, maxsus qurilma va asbobuskunalar. Xalqaro yoki milliy (sportning milliy turlari uchun) sport federasiyalari tasdikla- gan standartlar (qoidalar, normalar) ga muvofiq tayyorlanadi va standartlar bo’yicha xalqaro yoki davlat tashkilotlari tomonidan ro’yxatga olinadi. Sport an- jomlari (snaryadlari), sport jihozlari, poyabzal va kiyimlari mavjud. Sport o’yinlari uchun to’plar, chavgonlar, raket- kalar; kamon, rapira, qilich, shamshir; engil atletikada nayza, lappak, boskrn, yadro, langarcho’p; gimnastika anjomla- ri; og’ir atletikada — shtanga, toshlar; konki, chang’i va b. sport anjomlari XI- soblanadi. Eshkakli (akademik qayiq, baydarkalar, kanoe) va elkanli (yaxtalar) qayiqlar, chanalar, velosipedlar (trek- ka, shossega, tandemga muljallangan), turli Motosikllar, sport avtomobil- lari, kartlar, planyorlar va sport samo- lyotlari kabi snaryadapparatlar alohida guruhni tashkil etadi. Sport jihozlari qatoriga sport arenalarining uskunala- ri: darvozalar, to’rlar, qalqonlar (shchit- lar): to’siqlar, bokschilar ringi, gimna- stika gilami va b.; sport musobaqalari va mashg’ulotlarda ishlatiladigan Max- sus texnika (fotofinish, elektr tablo, turli trenajerlar va b.) kiradi. Sport kiyimi va poyabzali har bir sport turi uchun xalqaro sport federasiyalari tomo- nidan qo’yilgan texnik, gigienik va este- tik talablarga muvofiq bo’lishi kerak. Ayrim sport turlarida kiyim himoya vo- sitasi vazifasini bajaradi (shlemlar, niqoblar, ko’zoynaklar, qo’lqoplar va h.k.). Poyabzal maxsus moslamalar (tish- lar, zarbani yumshatuvchi amortizatorlar, qoplamalar va b.)ga ega bo’ladi.