Sport klubi

Sport klubi — sportchilar va sport ixlosmandlarini birlashtiruvchi jamoat yoki xususiy tashkilot. Dastlab- ki sport klublari 17-18-a.larda Buyuk Britaniyada paydo bo’lgan. Havaskorlik S.k. va professional S.k. bo’ladi. Havaskorl i k SK.ning byudjeti kasaba uyushmalarining ajratma mablag’lari, sport inshootlaridan foydalanganlik uchun ijara haqi, a’zolik badallaridan tashkil topadi. Professional S.k. yirik xususiy korxonalar, qissadorlik jami- yatlari, professional sport tashkilotla- ri va homiylar tomonidan ajratiladi- gan mablag’hisobiga faoliyat ko’rsatadi. Havaskorlik S.k.ga ta’lim muassasala- ri S.k., Qurolli kuchlar — armiya S.k. va h.k. misol bo’la oladi. Professional S.k.ga «Golfklub», «Manchester Yunay- Ted», «Real», «Bavariya» va b. sport klu- blarini namuna qilib ko’rsatish mum- kin. O’zbekistonda futbol, voleybol, tennis, sharqona yakka kurashga ixti- soslashgan bir qancha klublar faoliyat ko’rsatadi. Ularda turli yoshdagi bolalar shug’ullanadi. Bu klublar, asosan, sport maktablari vazifasini bajarmoqda.