Sport tibbiyoti
Sport tibbiyoti – tibbi- yotning jismoniy mashkdar va spor- tning odam organizmi, uning ayrim sistemalari va a’zolariga ta’sirini o’rganadigan sohasi. Asosiy vazifasi jismoniy mashkdarning organizmga sa- lomatlikni mustahkamlaydigan, mehnat qobiliyatini oshiradigan va umrni uzay- tiradigan omil sifatidagi ta’sirini o’rganish hamda jismoniy mashkdar va sport mashg’ulotlarining rasional usul- larini ishlab chiqishdan iborat. S.t. tib- biyotning mustaqil sohasi sifatida ri- vojlanadi. U o’zining o’rganish usuliga (xususan, organizm va uning ayrim siste- malari hamda a’zolarning funktsional imkoniyatlarini aniklash sohasida), il- miy muassasalari va fizkultura hamda sport sohasidagi mutaxassis vrachlarga ega. S.t. ko’pgina klinik va nazariy tib- biyot fanlari bilan bevosita bog’liq. St., asosan, muskul, suyak va b. sistemalarda, shuningdek, ayrim a’zolarda jismoniy mashklar va sport bilan shug’ullanish natijasida paydo bo’ladigan morfolo- gik o’zgarishlarni o’rganadigan funktsi- onal dinamik anatomiya, turli a’zolar va sistemalar faoliyatida har xil sport yuklama (nagruzka)lari chog’ida paydo bo’ladigan o’zgarishlarni o’rganadigan fizkultura va sport fiziologiyasi; sportchining salomatligiga va mehnat qobiliyatiga ta’sir qiladigan murak- kab biokimyoviy jarayonlarga aloqador ma’lumotlarni qayd qiladigan va umum- lashtiradigan sport biokimyosi; turli xarakterdagi gigienik omillar (kiy- imbosh, poyabzal gigienasi, mashkdar o’tkaziladigan joy, sport inshootlari qurilishlari, sanitariya me’yorlari va b.)ni o’rganadigan fizkultura va sport gigienasi: fizkultura va sport mashg’ulotlari bilan bog’liq shikastla- nishlarning oldini olish va davolash usullarini ishlab chiqadigan sport Trav- matologiyasi; turli dori vositalarining organizmga ta’sirini o’rganadigan sport farmakologiyasi va boshkalar bilan shug’ullanadi. S.t. sport mashqlari bi- lan norasional shug’ullanish natijasida paydo bo’lishi mumkin bo’lgan patologik o’zgarishlarni o’rganadi va ularning ol- dini olish choralarini ishlab chiqadi.