Spot

Spot (inglizcha spot — naqd, haqi darhol to’lanadigan) — naqd tovar yoki valyuta oldi-sotdisi to’g’risida birja yoki birjadan tashqari kelishuv turi. Spot shartlarida sotilgan tovar haqi darhol to’lanadi, tovarning o’zi esa xaridorga ertasiga yetkazib beriladi. Oradagi bir kun mobaynida kelishuv hujjatlarini rasmiylashtirish, bank operatsiyalarini o’tkazish ishlari bajariladi.