SSUDA

SSUDA – foiz to’lash sharti bilan qarzga berilgan pul mablag’lari. Masalan, tadbirkor bankdan 200 ming so’m ssuda oladi. U bir yilga 10 foiz sharti bilan berilgan, deb faraz qilamiz. Demak, tadbirkor bir yildan keyin 200 ming emas, balki 220 ming so’mni bankka qaytarishi shart. Aksariyat banklar korxonaning maqsadlari bo’yicha, ya’ni muayyan maqsadlarni moliyalash uchuy maqsadli ssuda beradi. Qisqa (1 yilgacha) va uzoq (bir necha yilga) muddatli ssudalar bor.