Ssuda
Ssuda (rus.) — moddiy boyliklar garovi hisobiga foiz to’lash va qaytarib berish sharti bilan muayyan muddatga qarzga beriladigan pul yoki moddiy boy- lik. S. juda qadimdan mavjud bo’lib, na- Tural ishlab chiqarish. hukmron bo’lgan jamiyatda, asosan, moddiy mahsulot tar- zida berilgan. Pul paydo bo’lgach, S.ning pul shakli keng qo’llanildi. Kredit mu- nosabatlarida pul mablag’lari kredit shartlari asosida qarzga berilsa, S. munosabatlarida boshka turdagi boyli- klar tegishli shartlarga muvofiq qarzga beriladi. Aksariyat banklar muayyan maqsadlarni moliyalash uchun maqsadli S. beradi. Kiska (1 yilgacha) va uzok, (bir necha yilga) muddatli slar bor. S. muddatida qaytarilmasa bank garov mulkni musodara qilishi va uni sotib, S. bo’yicha uzilmagan qarzni qoplaydi. Qimmatli qog’ozlarni ham garovga qo’yib, ular evaziga S olish mumkin. Qarz to’langach, qog’ozlar qaytarib beriladi. S. munosabatlari O’zbekiston Respubli- kasi fuqarolik kodeksi bilan tartibga solinadi.