Stanislavskiy (Alekseev) Konstantin Sergeevich

Stanislavskiy (Alekseev) Konstantin Sergeevich (1863.1.1 — Mo- skva — 1938.7.8) — aktyor, rej., pedagog: teatr nazariyotchisi. Xalq artisti (1936). Peterburg faning faxriy akad. Rus te- atrining yirik islohotchisi. 1898 y. (V. NemirovichDanchenko bilan) Moskva Badiiy akademik teatriga asos solgan. Teatr ijodiy faoliyatini boshlab beri- shi bilan sahna realizmi rivojlanish bosqichini xam boshlab, jahon geatriga katta ta’sir etdi (q. Stanislavskiy si- stemasi). A. Chexov, M. Gorkiy pesa- larini saxnalashtirib, S. va Nemiro- vichdanchenko rej.lik va aktyorlik san’- atining yangi yo’llarini ochdi. «Doktor Shtokman» (G. Ibsen)da doktor Shtokman, «Tubanlikda» (M. Gorkiy) Satin, «Vanya tog’a» (A. Chexov)da Astrov, «uch opasin- gil» (A. Chexov)da Vershinin, «akdli- lik balosi» (A. Griboedov)da Famusov, «Har to’kisda bir ayb» (A. Ostrovskiy) da Krutiskiy kabi rollari klassik dra- maturgiya imkoniyatlarini ochishga ijti- moiy teran yondashish namunasi bo’ldi. 1918 y.dan katta teatrning opera Studi- yasi (keyinchalik Stanislavskiy nomi- dagi opera teatri)ni boshqargan. «EV- geniy Onegin» (P. Chaykovskiy), «Shoh qallig’i» (N. Rimskiy Korsakov) kabi operalarni sahnalashtirgan. 1935 y. Operadramatik studiyasini tashkil etdi.