Starter

Starter (ing. starter — ishga tu- shirish) — 1) ichki yonuv dvigatelinp yurgizib yuborish uchun mo’ljallangan moslama yoki agregat. Energiya manbaiga ko’ra, elektr, pnevmatik, gidravlik va b., ish printsipiga qarab, inersion, to’g’ri ishlaydigan va kombinasion S.larga, ishlatish vositasiga qarab, elektr tur- Binali, pnevmatik, gidravlik va benzin- li S.larga bo’linadi. Avtotraktor dviga- tellari elektr S. bilan, samolyot dviga- tellari esa pnevmatik, elektr S. bilan yurgizib yuboriladi. Inersion S.da maxovik aylantirilib, bunda to’plangan energiya asosiy dvigatel valini (S. valining asosiy dvigatel valiga tish- lashtirish yo’li bilan) buradi. To’g’ri ishlaydigan S. asosiy dvigatel valine bevosita aylantiradi. Elektr S. (raem- ga q.) elektr dvigatel, reduktor, dviga- telning asosiy Vali bilan tishlashadi- gan va ajratadigan moslamadan iborat; aylanish tezligi katta (13000 aylg’min gacha) bo’ladi. Turbinali S.da turbina- dan dvigatel sifatida foydalaniladi; quvvati 110-300 kVt (150-400 o.k.)ga teng. Gidravlik va pnevmatik S, odatda, nasos yoki kompressorlardan iborat; 2) yorug’lik texnikasida lyuminessent Lam- palarni yondiradigan qurilma.