Stavrolit
Stavrolit (Yun. stauros — but va lithos — tosh), but tosh — silikatlar ki- chik sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi G’e2a13[8YU4]4o7(on)bo’lib, unda G’eo15,8%, A12O355,9%, SiO2— 26,3%, N2O -2%ni tashkil qiladi. S.ning ruxs. (ZnO— 7,5%gacha), Lyusa- kit (so—8,5%gacha va NiO—0,9%gacha), nordmarkit (Mp2O3— 11,6%gacha) xil- lari ma’lum. Monoklin singoniyada kristallanadi. Kristallari donador agregatlar bo’lib, butsimon qo’shaloqlik xos. Qattiqligi 7-7,5; o’rtacha zich- ligi 3,7 g/sm3. Mo’rt. Yaltiroqligi shishasimon. Rangi qizilqo’ng’irdan qo’ng’irroqqoragacha, kamdankam shaffof bo’ladi. S. ba’zi kristalli slaneslar- ning jins hosil qiluvchi minerali hisoblanadi. S. metamorfik jinslar- ning o’ziga xos minerali bo’lib, asosan, kristalli slaneslarda regional meta- morfizmning amfibolitli fasiyasida (muskovitsli, kianits.li, sillima- nits.li) hamda gneyslarda tarkalgan. Kam uchraydigan shaffof kristallari ba’zan bezak tosh sifatida ishlatiladi. S. Rossiyada Ural, Shim. Kareliya, Oltoy sochmalarida; shaffof kristallari Bay- kaloldida, AQSh, Avstriya va Germaniyada uchraydi.