Stavropol

Stavropol (193543 y.larda Voroshilovsk) — RF Stavropol o’lkasidagi shahar (1785 y.dan), o’lka Mar- kazi. Stavropol qirlarida joylashgan. T.y. stantsiyasi. Avtomobil yo’llari tu- guni. Aholisi 344,2 ming kishi (1998). S. 1777 y.da Rossiya hududlarini Jan. tomon kengaytirish uchun istehkom si- fatida bunyod etilgan. 1822 y.dan Kavkaz viloyati, 1847 y.dan Stavropol gubernya- sining markazi. Shim. Kavkazning yirik sanoat va madaniyat markazlaridan biri. Mashinasozlik va metallsozlik (stanok, asbob, avtomobil kranlari, avtopri- tseplar, elektr apparatura va b. ishlab chiqariladi), kimyo (texnika uglerodi, kimyo reaktivlari va lyuminoforlar z-dlari), engil (ko’npoyabzal va tikuv- chilik), mebel sanoatlari korxonalari bor. Kurilish materiallari, polifafiya ktlari ishlab turibdi. 5 oliy o’quv yurti (politexnika, qishloq xo’jaligi., tibbi- yot, ped intlari, Moskva kooperativ in- tining filiali), bir qancha o’rta maxsus bilim yurti, 2 teatr (drama va qo’g’irchoq teatrlari), 3 muzey faoliyat ko’rsatadi. Bir qancha ilmiy tadqiqot intlari mav- jud.