Stenli Uendell Meridit

Stenli Uendell Meridit (1904.16.8, Rijvill, Indiana shtati — 1971.15.6) — amerikalik biokimyogar va virusolog. AQSh Milliy FA a’zosi (1941 y.dan). Pristondagi Rokfeller in- ti ilmiy xodimi (1932— 48), Berklida- gi Kaliforniya un-ti prof. (1948 y.dan). Ilmiy ishlari enzimlar va oqsillar viruslarining tabiatini o’rganishga oid. Ilk bor virusni mikrobiologiya uslubi bilan emas, balki J.D.Samner va J.Morton usuli bilan suyuq ekstraktni kristallab ajratib olgan. Virus bilan zararlangan bir tonna tamaki barglari- dan bir necha g kristall holdagi tirik virus ajratib olishga muvaffaq bo’lgan va uning oqsil modda ekanligini is- botlagan (1935). Poliomielit virusi- ni ajratib olib, tarkibini tekshirgan (1955). Nobel mukofoti laureati (1946, J.X.Nortrop bilan hamkorlikda).