STENOFAGIYA
STENOFAGIYA (Yun. sthenos — kuch va …fagiya) — hayvonlarning bir xil (monofagiya) yoki bir necha xil oziq turi- ga (oligofagiya) ixtisoslashuvi. S. mu- ayyan oziq xilini topish va hazm qilish uchun zarur bo’lgan anatomik, fiziolo- gik va biokimyoviy moslanishlar bilan bog’liq. Mac, kavsh qaytaruvchi o’txo’r hayvonlar oshqozoni 4 kamerali; para- zit tasmasimon chuvalchanglarda ichak bo’lmaydi. Tuxumxo’r ilonlarning o’tkir qovurg’alari ichak bo’shlig’iga chiqib tu- rishi yutilgan tuxumning po’chog’ini ezishga yordam beradi; sirtlonlar tishi suyakni maydalashga moslashgan. Monofa- glar organizmida ishlab chiqariladigan maxsus fermentlar ko’pincha ularning boshqa hayvonlar hazm qilolmaydigan oziq (mas, teri, jun, pat, mum va b.) ni hazm qilishga yordam beradi. Qiyin hazm bo’ladigan organik moddalar va energiya bilan oziklanish hayvonlarning ekosi- stemalardagi moddalar va energiya ayla- nishidagi ahamiyatini oshiradi. S. tur- lari xilmaxil va ular orasida oziqga nisbatan konkurentsiya kuchli bo’lgan bio- geosenozlar (tropik o’rmonlar)da keng tarqalgan. S.ning aksi evrifagiya ko’p xil oziq turiga moslanishni anglatadi.