Stenoz

Stenoz (Yun. stenos — tor, qisqa) — naysimon a’zolar (hiqildoq, traxeya, bronxlar, qizilo’ngach, ichaklar, Arte- riyalar va b.), shuningdek, fiziologik teshiklar (mas, yurak chap bo’lmachasi va qorinchasi orasidagi teshik)ning to- rayishi. S. tug’ma va hayotda orttirilgan bo’ladi. Tug’ma S. homila rivojlanishi- dagi nuqsonlar (qizilo’ngach yoki me’da- ning chiqish joyidan torayishi)dan ibo- rat. Hayotda orttirilgan S. organik va funktsional bo’ladi. Organik S. a’zolar devoridagi o’smalar, yallig’lanish yoki shi- kastdan keyin chandiqlar paydo bo’lishi hisobiga yuzaga keladi. Funktsional S.da a’zolar muskullari, sfinkterlarning vaqtincha torayishi, mas, buyrakdagi tosh siljishi natijasida siydik yo’lining torayishi — spazm ro’y beradi. S.da a’zolarning muskullari gi- pertrofiyaga uchrab, ular ichidagi harakat (ovqat, havo, qonning yurishi) qiyinlashadi, keyinchalik muskullar tonusi pasayadi, a’zoning S.ga uchra- gan joyidan yuqorisi kengayib keta- Di, toraygan joydan moddalar o’tishi qiyinlashadi. S.ni kompensasiyali — a’zo o’tkazuvchanligi qisman buzilgan, lekin a’zo faoliyati va inson salomatli- gi jiddiy o’zgarmagan; subkompensasiya- li — a’zoning toraygan joyidan modda o’tishi qiyinlashib, a’zo faoliyati bu- zilgan; dekompensasiyali — a’zoning to- raygan joyidan moddaning mutlaq o’tmay qolib, a’zo faoliyatining buzilishi, shuning hisobiga organizmda jiddiy asoratlar yuzaga kelishi (mas, me’daning pilorik joyi dekompensasiyalangan S.ida ovqat mutlaqo o’tmasdan, bemor or- ganizmida suvtuz mutanosibligining bu- zilishi) kabi darajalari bor. S, asosan, xirurgik usulda davolanadi.