Sterinlar, sterollar
Sterinlar, sterollar — stero- idlar sinfiga mansub tsiklik spirtlar. Ko’pchilik S. — optik faol kristall mod- dalar, ular organik erituvchilarda eriy- Di, suvda erimaydi. Mikroorganizmlar, o’simlik va hayvonlardagi S.ning umu- miy o’tmishdoshi skvalen uglevodorodi- dir, u tsiklik lanosterin (S30N50O)ga yoki uning izomeri tsikloartenolga ay- lanadi, keyinchalik bulardan tarkibida 27-29 uglerod atomi bo’lgan turlicha S. hosil bo’ladi. Hayvon S.ining eng muximi — xolesterin; zamburuglarda, jumladan, xamirturushda ko’plab uchray- digan — ergosterin, o’simliklardagi ko’pchilik S. guruxlari (fitosterinlar) ichida eng ko’p uchraydigan rsitosterin va stigm Asteri ndir. S. yuqori tuzilgan hayvonlarning nerv to’qimalari, jiga- ri, sperma to’qimalarida bo’ladi; ular yuqori yog’kislotalari bilan murakkab efirlar hosil qiladi. S. o’simliklarda erkin holda yoki yog kislotalari bilan (steridlar), uglevodlar bilan (fitoste- rolinlar) yoxud ikkalasi bilan birikkan holda bo’ladi. S. tabiiy lipidlardan ishqoriy so- vunlab olinadi. Steroid S. sirka kislo- tadan biosintezlab hosil qilinadi, aso- san, gormonal preparatlarni sintezlahda xom ashyo sifatida qo’llanadi.