STORNO

STORNO – buxgalteriya hisobi hujjadaridagi xatolarni tuzatishning usullaridan biri bo’lib, mohiyati shundan iboratki, bunda xato yozuv qizil siyoh bilan xuddi o’zidek qilib yana bir marta yoziladi, undan keyin to’g’ri yozuv awalgidek tegishli registrda aks ettiriladi. Hisob-varaq bo’yicha jami oborot topilayotganida qizil siyoh bilan yozilgan summa umumiy yig’indidan ayirib tashlanadi.