STRONGILIDLAR
STRONGILIDLAR (Strongylida) nematodalar sinfiga mansub to’garak chuvalchanglar turkumi. Uz. 4 mm dan 7 sm gacha. Og’iz kapsulasi kuchli rivojlan- gan; xo’jayin to’qimasiga yopishish vazi- fasini bajaradi. 10 ta oilasi bor. Eng muhim oilalaridan biri — Strongylidae ga 22 ta urug kiradi. S. sut emizuvchilar, qushlar ichagida va b. organlarida para- zitlik qiladi. Oraliq xo’jayinsiz ri- vojlanadi. Odam va hayvonlarda stron- giloz kasalligini paydo qiladi.