Strasburg, Strasbur

Strasburg, Strasbur — Fran- tsiyaning Sharqiy qismidagi shahar, Il daryosining Reyn daryosiga quyilish erida joylashgan. Elzasning tarixiy poytaxti. Quyi Reyn departamentining ma’muriy markazi. Axoliey 267 ming kishi (1999). Transport yo’llarining yirik tuguni. Dare porti. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mashinasozlik, to’qimachilik, yog’ochsozlik, oziqovqat, neftni qayta ishlash sanoati korxona- lari mavjud. un-t, konservatoriya, mu- zeylar bor. S. keltlar qishlog’i o’rnida bunyodga kelgan. S. nomi bilan 6-a.dan ma’lum. 925 y.dan Germaniya qirolligi tarkibida. O’rta asrlarda yirik sanoat markazi bo’lgan. 1681 y.dan Frantsiya tar- kibiga kirgan. 1871— 1919 y.larda Ger- maniya tarkibidagi Elzaslotaringiya imperiya erining markazi edi. Versal sulh shartnomasiga ko’ra, 1919 y.da Fran- piyaga qaytarilgan. Me’moriy Yodgor- liklardan sobor (11-16-a.lar), gotika cherkovi (13— 14-a.lar), episkop saroyi (1722-28), ratusha (1730), Roganov sa- royi (1732— 42) va b. saqlangan.