STRUKTURA
STRUKTURA (lot. structure – tuzilish, qurilma, bog’lanish) — 1) muayyan narsalarning tuzilishi, qurilishi; tarkibiy qismlarning o’zaro bog’liqligi; 2) ob‘yektning yaxlitligi va aynan o’zligini anglatadigan, ya‘ni tashqi va ichki o’zgarishlarda asosiy xususiyatlarini saqlab qoladigan barqaror aloqalari majmui.